Biz haqimizda
Datacademy — ma'lumotlar bilan ishlashni o'zbek tilida, amaliyot orqali o'rgatadigan interaktiv platforma.
Dunyoda data-mutaxassislarga talab yildan-yilga oshib bormoqda, lekin sifatli ta'limning katta qismi ingliz yoki rus tillarida. Biz oddiy savoldan boshladik: nega o'zbek tilida Python yozib, SQL so'rov tuzib, sun'iy intellekt modelini qurib o'rganib bo'lmasligi kerak?
Datacademy shu savolga javob: video ko'rib yodlash o'rniga har darsda o'z qo'lingiz bilan kod yozasiz, platforma esa har qadamda natijangizni tekshirib, xatolaringizni ona tilingizda tushuntirib boradi. Maqsadimiz — O'zbekistonda data-sohaga kirish ostonasini iloji boricha pasaytirish.
9
kurs
199
interaktiv dars
746
amaliy mashq
O'qib emas — yozib o'rganish
Har darsda nazariya bilan yonma-yon kod muharriri turadi. Siz o'qiysiz, darhol yozasiz va natijani o'sha zahoti ko'rasiz. Hech narsa o'rnatish shart emas — hammasi brauzerda ishlaydi.
To'liq o'zbek tilida
Darslar, mashqlar, maslahatlar — hatto Python xatolari ham o'zbek tilida tushuntiriladi. Ingliz tili to'siq bo'lmasligi kerak: terminlarni asl nomi bilan birga, ona tilingizda o'rganasiz.
Avtomatik va halol tekshiruv
Har mashqni platforma o'zi tekshiradi — javobni bilmay qolsangiz, uch bosqichli maslahat tizimi yo'l ko'rsatadi. Kursni tugatganingizda esa haqiqiyligini istalgan kishi tekshira oladigan sertifikat olasiz.
Bir marta to'lov — umrbod kirish
Obuna yo'q. Kursni bir marta sotib olasiz va u umrbod sizniki bo'lib qoladi — yangi qo'shilgan darslar ham bepul ochiladi. Har kursning birinchi bo'limi esa hamma uchun bepul.
Savolingiz bormi? Biz bilan bog'laning