199 000 so'm119 000 so'mbir marta−40%
umrbod kirish · obuna yo'q
Kursni sotib olish1-bo'lim bepul — avval sinab ko'ring
Kurs haqida
Data analitik lavozimiga ishga kirishda deyarli har doim texnik test beriladi: cheklangan vaqtda SQL so'rovlar yozish, Python'da ma'lumotni tahlil qilish va "iflos" jadvalni tozalash. Bu kursdagi har bir test aynan shunday: 60 daqiqa, 5 ta vazifa, real biznes ma'lumotlari (onlayn do'kon, bank, taksi xizmati, yetkazib berish, ta'lim platformasi va boshqalar). Kodni brauzerning o'zida yozasiz, ishga tushirasiz va tekshirasiz — hech narsa o'rnatish shart emas. Testlar juniordan middle darajagacha qiyinlashib boradi: SELECT va GROUP BY'dan window funksiyalar, kogort va retention tahlilgacha. Test oxirida natijangiz, bo'limlar bo'yicha tahlil va har bir vazifaning to'g'ri yechimi chiqadi.